16:40 / 07.06.2015
13874

Futbol bo‘yicha 2010 yilgi jahon chempionati Marokashda o‘tishi kerak bo‘lgani aytildi

FIFAning sobiq amaldori Ismoil Bxamjiy 2010 yilgi jahon chempionati Janubiy Afrika Respublikasida emas, balki Marokashda o‘tishi kerak bo‘lgan, deb aytdi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Avvalroq FIFAning sobiq vitse-prezidenti Jyek Uorner JARdan 10 mln dollar miqdorida pora olgani haqida ma'lumot paydo bo‘lgandi. Uornerga ushbu pulni FIFA bosh kotibi Jyerom Valkening shaxsan o‘zi o‘tkazgani ehtimoli mavjud.

2010 yilgi jahon chempionati mezbonini tanlash bo‘yicha ovoz berish 2004 yilda o‘tkazilgan edi. O‘shanda JARdan tashqari, Marokash va Misr ham o‘z nomzodlarini berishgan edi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, JAR 14ta ovoz, Marokkash 10ta ovoz olgan, Misrga esa hech kim ovoz bermagan edi.

Top