18:02 / 07.06.2015
7546

Jyennifer Lopes Marokashda ikki yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin

AQShlik qo‘shiqchi va aktrisa Jyennifer Lopes Marokashda “jamoat tartibini buzganligi” uchun bu mamlakatda bir oydan 2 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanishi mumkin. Bu haqda TMZ portali xabar bermoqda.

Lopes va uning promouteri ustidan “jamoat tartibini buzgani, ayol sha'niga dog‘ tushirgani va hurmatsizlik qilgani” uchun sudga da'vo arizasi topshirilgan.

Joriy yilda qo‘shiqchining shousi Marokash milliy televideniyesi orqali namoyish etilgan. Kontsert qo‘shiqchi uchun odatiy alfozda bo‘lib o‘tgan: qo‘shiqchi ko‘p sondagi ochiqcha raqslar va tanaga yopishib turuvchi kiyimlardan foydalangan.

Avvalroq Lopes Marokashda shunday shou bilan ishtirok etgandi, biroq uning konserti Marokash televideniyesi orqali namoyish etilmagan edi.

Top