19:13 / 07.06.2015
2755

Joze Mourino: «Agar siz qarshi hujumlarni amalga oshirmasangiz, bu sizning ahmoqligingiz sabablidir”

“Chelsi” bosh murabbiyi Joze Mourino qarshi hujumlar o‘rniga to‘pni nazorat qilishga e'tiborni qaratadigan Angliya premer-ligasining murabbiylarini tanqid ostiga oldi.

“Hozirda yangi murabbiylar avlodi yo‘q. Faqatgina o‘z g‘oyasi, o‘z falsafasiga ega odamlar bor. Ular o‘zlaricha “Biz ishonchli mudofaa qurmoqdamiz, to‘pni yaxshi nazorat qilamiz va qarshi hujum qilmaymiz” qabilidagi uslublarni yaratishni istashadi.

Agar siz qarshi hujumlarni amalga oshirmasangiz, bu sizning ahmoqligingiz sabablidir. Qarshi hujum futbolning ajoyib unsuri hisoblanadi. Siz raqibingizni barqarorsizlik paytida ushlab olsangiz, unda sizda gol urish uchun fantastik imoniyat paydo bo‘ladi.

Ba'zi odamlar xomxayollar yaratadilar va bu jamoatchilik fikriga ta'sir ko‘rsatadi. Futbol hech qachon o‘zgarmaydi. Futbol yutish uchun yaratilgan”, deb aytdi Mourino.

Top