Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:43 / 07.06.2015
1973
1 daqiqa o‘qiladi
Kaliforniyadagi aeroportda ikki samolyotning qanotlari to‘qnashib ketdi
Kaliforniya shtatidagi Bob Xop aeroportida ikki Boeing 737 rusumli samolyotlarning qanotlari o‘zaro urilib ketdi. Bu haqda NBC xabar bergan.
Qayd etilishicha, bu hodisa tufayli jabrlanganlar yo‘q.
Xabarda yozilishicha, samolyotlardan biri pavilondan chiqishda qarama-qarshi yo‘nalishda yurib kelayotgan boshqa bir samolyotning qanotiga urilib ketgan.
Ayni vaqtda voqea joyida tekshiruvchilar yetkazilgan zararni hisoblash uchun ish olib borishmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish