Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 10:05 / 07.06.2015
2416
1 daqiqa o‘qiladi
Luis Enrike: Bu futbolchilar hech qachon g‘alabalardan charchashmaydi
"Barselona” bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasidagi g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Biz juda xursandmiz. Tarkibimiz juda ham ajoyib. Yigitlar haqiqiy jangchilardek harakat qilishdi. Bu mavsumdagi 60-o‘yinimiz va 50-g‘alabamiz. Mavsum og‘ir o‘tdi, menga ishonch bildirgan barchaga tashakkur.
Hech qachon treblga erisha olaman, deb o‘ylamagandim. Bu futbolchilar g‘alabalardan charchamasliklarini namoyish etishdi”, - deydi Enrike.