Sport | 19:04 / 07.06.2015
2823
1 daqiqa o‘qiladi

Maradona o‘z nabirasi bilan futbol o‘ynayotgani tasvirlangan lavha internetga joylashtirildi

Sobiq futbolchi Diyego Maradona o‘z nabirasi bilan futbol o‘ynadi.

Maradona o‘z kuyovi bo‘lmish "Manchester Siti" hujumchisi Serxio Ageuroning Benjamin ismli o‘g‘li bilan futbol o‘ynagani tasvirlangan lavha internetga joylashtirilgan.

Bu lavhada avvaliga Maradona "o‘z raqibi" darvozasi tomon zarba bergani, lekin bu zarbani Benjamin qaytarib, hujumga o‘tganini ko‘rish mumkin. Bolakay uni bobosi chalib yiqitganiga qaramasdan, o‘rnidan turib, oldinga yurishda davom etgan va gol urishga erishgan.

Qayd etib o‘tish joiz, Benjaminning cho‘qintirgan otasi Lionel Messi hisoblanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish