Sport | 16:49 / 07.06.2015
4890
1 daqiqa o‘qiladi

Messi nonushta vaqtida YeChL kubogini yonida olib o‘tirdi

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Yuventus" bilan o‘yinda qo‘lga kiritilgan to‘rtinchi YeChL Kubogi bilan birgalikda nonushta qildi.

"Nonushtani u bilan birga qilayapmiz", deb yozdi Messi o‘z instagramida.

Shuningdek, u o‘z feysbukida ham bu g‘alabaga munosabatini yozib qoldirgan.

"Mana bu to‘rtinchi Chempionlar ligasi kubogi. Olg‘a chempionlar!", deb yozadi Messi o‘z o‘g‘li va kubok bilan tushgan rasmi ostida izoh sifatida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish