12:38 / 07.06.2015
1827

"Milan" Ibrahimovichga 3 yillik shartnoma taklif qildi

"Milan" rahbariyati "PSJ" hujumchisi Zlatan Ibrahimovichning agenti bilan aloqaga chiqqan.

Sky Football Italia nashrining xabar berishicha, "rossonerilar"ning vitse-prezidenti Zlatanning agenti Mino Rayola 3 yillik shartnoma uchun taklif olgan. Bu taklifga ko‘ra, Ibrahimovichga yiliga 6,5 mln yevro to‘lash ko‘zda tutilgan.

Joriy mavsum davomida Zlatan fransiyaliklar bilan bir qator muamolarga uchraganidan keyin uning AQShga yo‘l olishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Top