Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy liga turnir jadvalida12-tur o‘yinlaridan keyin "Paxtakor" yetakchilik qilmoqda
7 iyun kuni Oliy liga 12-turidan o‘rin olgan 3ta o‘yin bo‘lib o‘tdi. Farg‘onada “Neftchi” klubi o‘z maydonida “Olmaliq” jamoasini qabul qildi. Samarqandda “Dinamo” Toshkentning “Paxtakor” jamoasini sinovdan o‘tkazdi.
Turning markaziy uchrashuvi esa Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tdi. Sergey Lushchan shogirdlari Qarshining “Nasaf” jamoasi bilan kuch sinashishdi.
Avvaliga Farg‘onadagi uchrashuv yakunlandi va unda mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozonishib, turnir jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarilishdi. Samarqandda esa "Dinamo" 0:1 hisobida "Paxtakor"dan mag‘lub bo‘lgach, toshkentliklar hisobidagi ochkolar soni 28taga yetib, jamo bir uchrashuv kam o‘tkazgan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Bunyodkor" va "Nasaf" bahsida esa hisob ochilmadi. Qarshiliklar 4 o‘rinda, "qaldirg‘ochlar" esa 6 o‘rinda joylashgan.
"Neftchi” – “Olmaliq” 3:1
Gol: D.Ermatov (8), Xolmatov (36), Po‘latov (69) - Omonov (77)
"Neftchi": Ye.Cheremisin, Sh.Po‘latov, O.Nurboyev, M.Saidov, A.Xolmatov, Sh.Xakimov, D.Ermatov, M.Ubaydullayev, R.Axmedov, J.Mehmonov, S.Raxmonov
"Olmaliq": Umid Xonimqulov, Yevgeniy Gogol, Sahob Jo‘rayev, Shavkat Salomov, Zohir Pirimov, Islom Inomov, Salamat Quttiboyev, Adrian Kashkaval, Arslonmurot Amanov, Jahongir Abdumo‘minov, Nemanya Yovanovich
“Dinamo” – “Paxtakor” 0:1
Gol: I.Sergeyev (22)
"Dinamo": Melnichuk, Isroilov, Fomin, Zokirov, Ibragimov, Azimov, Sharofiddinov, Murodov, Chipev, Agaliyev, Abdusalimov
"Paxtakor": Lobanov, Merzlyakov, Krimets (s), Oraxovats, Hoshimov, Ismatullayev, Kozak, Andreyev, Karimov, Sergeyev, Pardayev
“Bunyodkor” – “Nasaf” 0:0
"Bunyodkor": 25.Zuhurov 2.Shorahmedov 6A.G‘ofurov (S) 8Ibrohimov 9Sato 11M.G‘ofurov 13Miloshevich 16Filiposyan 21Rashidov 27Sobirxo‘jayev 40Ayupov
"Nasaf": 25.Suyunov 4.M.Karimov 9.Shomurodov 15.Abdurahmonov 17.Gevorkyan (S) 20.Boydullayev 22.Gadoyev 23.A'zamov 28.Muhammadiyev 32.H.Karimov 34.Sayfiyev