Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 20:07 / 07.06.2015
14244
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston janubida rekord darajadagi issiq harorat kuzatildi
6 iyun kuni O‘zbekistonning janubiy hududlarida termometr ko‘rsatkichlari +41,4 gradusni ko‘rsatdi va bu boradagi rekord o‘rnatildi.
Meteorologlarning ma'lum qilishicha, O‘zbekistonda bunday darajadagi issiq 1961 yildan beri kuzatilmagandi. O‘sha yili O‘zbekistonda 40,7 darajadagi issiq harorat qayd etilgandi.
meteonovosti.ru nashrida yozilishicha, O‘rta Osiyo hududining barcha qismlarida yuqori darajadagi issiq haroratlar qayd etilgan va ularning eng yuqori darajalisi O‘zbekistondagi Tomdibuloq hududida o‘rnatilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish