14:45 / 07.06.2015
2273

Qirg‘izistonda mikroavtobus jarlikka qulab tushdi

Qirg‘izistonda mikroavtobus Bishkek-O‘sh trassasi yoqasidagi qiyalikdan qulab ketishi oqibatida 3 nafar kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Interfaks axborot agentligi.

“Bishkek-O‘sh avtomobil yo‘lining 355 kilometrida Qirg‘iziston poytaxtiga yo‘lovchilarni olib ketayotgan mikroavtobus yo‘l yoqasidagi qiyalikdan tushib ketdi. 10 kishi jarohat oldi, yana 3 nafar kishi voqea joyida halok bo‘ldi”, deb aytilmoqda Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligida.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, haydovchi murakkab tog‘ yo‘lida boshqaruvni eplay olmagan.

Top