22:19 / 07.06.2015
2684

Toshkent fotolar uyida Mukhiddin A Lee ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi

Toshkent fotolar uyida Mukhiddin A Lee ijodi bo‘yicha Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikdagi ko‘rgazmasi ochildi.

Mazkur ko‘rgazmada vakolatxonaning O‘zbekistonda olib borayotgan ta'lim, sog‘liqni saqlash va tadbirkorlik sohalaridagi grantlarining ishtirokchilarining portretlari namoyish etilmoqda. 6 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan qahramonlar jamiyatning turli qatlam va sohasiga mansub o‘zbekistonliklarni o‘z ichiga olgan.

Mazkur ko‘rgazma Mukhiddin A Lee ijodidagi uchinchi ko‘rgazma sanaladi. Uning birinchi ko‘rgazmasi Xitoy xalq respublikasining Lanzhou universitetida O‘zbekiston Madaniyat kunlari doirasida o‘tgan edi. Ikkinchi ko‘rgazma D.Dultayeva ijodiy tandemligida o‘tgan yilgi Toshkent xalqaro fotobinalesi doirasida bo‘lib o‘tgan.

Toshkent fotolar uyida namoyishi ketayotgan mazkur ko‘rgazma bir oy davom etadi.

Top