Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xavi: "Barselona"da boshqa o‘ynamasligim haqida o‘ylash og‘ir
"Barselona" jamoasi yarimhimoyachisi Xavi Ernandes YeChL finalidan keyin jurnalistlarga intervyu berish chog‘ida o‘z kelajagi haqidagi fikrlarini bildirdi.
"O‘zimning nimalarni his qilayotganimni so‘z bilan ifodalashning imkoni yo‘q. Bundan ortig‘ini orzu ham qilmayman. Jamoamiz va muxlislarimizga gap yo‘q. Bu jamoani tark etayotganimdan juda qayg‘udaman.
Final ajoyib o‘tdi. Luis Enrike trebl uchun haqli edi. Mavsum boshida bizni tanqid qilishgandi, lekin u bizni bu g‘alabalarga boshlab keldi. Butun jamoa va murabbiylar shtabi g‘alaba uchun birdek xizmat qilishdi.
Ular shu jamoa uchun munosib tarzda ishlashdi", deydi Xavi.