Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xavi, Inesta va Messi YeChLda 4 martadan g‘alaba qozongan futbolchilar bo‘lishdi
6 iyunda Berlin shahridagi "Olimpiashtadion" o‘yingohida "Barselona" YeChL finalida "Yuventus"ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
Shu tariqa jamoa oxirgi 10 yil ichida to‘rtinchi marta YeChLning bosh sovriniga ega chiqdi.
Jamoaning asosiy futbolchilari Xavi, Inesta, Messi va Pike esa 10 yil davomidagi barcha 4 final o‘yinida qatnashgan.
Avvaliga 2006 yili "Arsenal" 2:1 hisobida mag‘lub etilishi orqali uzoq yillik tanaffusdan so‘ng YeChL Kubogi qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, 2009 va 2011 yillarda Angliyaning boshqa bir jamoasi "Manchester Yunayted" 2:0 va 3:1 hisoblari bilan YeChL finallarida mag‘lubiyatga uchratilgan.
Qayd etish joizki, 4 marta YeChL kubogini yutish ko‘rsatkichga shu vaqtgacha Klaren Zeedorfga tegishli edi.