15:15 / 07.06.2015
2055

Xitoyda “Sharq yulduzi” kemaci halokati qurbonlari 431 nafarga yetdi

Xitoydagi 2 iyunga o‘tar kechasi Yantszi daryosida cho‘kib ketgan “Sharq yulduzi” nomli kema halokati qurbonlari 431 nafarga yetgan.

Avvalroq 406 kishi halok bo‘lgani va 36 kishi bedarak yo‘qolgani hamda 14 kishi qutqarib olingani ma'lum qilingan edi.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, bedarak yo‘qolganlar 11 kishi ekanligi aytilmoqda.

XXR transport vazirligining ma'lumotlariga qaraganda, kema bortida 456 kishi bo‘lib, ulardan 405 nafari yo‘lovchilar, 46 nafari ekipaj a'zolari va 5 nafari turistik agentliklar vakillari bo‘lgan.

Top