Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:15 / 07.06.2015
2812
1 daqiqa o‘qiladi
Yamanga ittifoqchi kuchlarning samolyotlari aviazarbalar berishi oqibatida 44 kishi halok bo‘ldi
7 iyun kuni Saudiya Arabistoni boshchiligida xalqaro koalitsiya samolyotlari Yaman armiyasi joylashgan hududlarni bombardimon qildi. Bu haqda Reyter xabar bergan.
Xabarda aytilishicha, hujum oqibatida 44 kishi halok bo‘lgan va 100dan ortiq kishi jarohatlangan.
Biroz oldinroq, Yamanda harbiy harakatlar boshlanganidan buyon qurbon bo‘lganlar soni 2 ming nafarga yaqinlashgani ma'lum qilingandi.