08:42 / 08.06.2015
2119

2015-2016 yilgi mavsumda Rossiya premer ligasida ishtirok etuvchi barcha jamoalar nomi ma'lum bo‘ldi

Rossiyada futbol bo‘yicha yuqori liganing 2015-2016 yilgi mavsumi uchun quyi ligada 3 va 4 o‘rinlarni egallagan jamoalar va oxirgi mavsumda yuqori liganing 13 va 14 o‘rinlarida qolgan jamoalar o‘rtasida "play off" o‘yinlari o‘tkazildi.

Bu o‘yinlarda "Rostov" hamda "Ural" jamoalari quyi liganing "Tom" hamda "Tosno" jamoalari bilan bahs olib borishdi va yuqori ligada o‘ynash huquqini qo‘lga kiritishdi.

Natijada keyingi mavsumda «Zenit», TsSKA, «Krasnodar», «Dinamo», «Rubin», «Spartak», «Lokomotiv», «Mordoviya», «Terek», «Kuban», «Amkar», «Ufa», «Rostov», «Ural», «Krylya Sovetov» va «Anji» jamoalari ishtirok etadigan bo‘ldi.

Keyingi mavsum shu yilning 19 iyulida boshlanadi va birinchi mavsum 3 dekabr kunigacha davom etadi.

Top