Jahon | 14:56 / 08.06.2015
2684
1 daqiqa o‘qiladi

Angliyada asalari samolyotning rejadan tashqari qo‘nishiga sabab bo‘ldi

Angliyaning Sautgempton shahridan Dublinga uchib ketayogan samolyot o‘zining tashqarisida o‘rnatilgan qurilma ichiga kirib qolgan hasharot tufayli qaytib kelishga majbur bo‘lgan. Bu haqda Mirror gazetasi xabar bermoqda.

Flybe aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan bu samolyot uchuvchisi texnik nosozlik haqida aeroportga xabar bergan va unga Sautgemptonga qo‘nishga ruxsat berilgan.

Samolyot qo‘ngandan keyin samolyot muhandislar tomonidan tekshirilganda, muammoga asalari sabab bo‘lgani aniqlandi.

Aviakompaniya matbuot kotibi yo‘lovchilardan yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi. “Yo‘lovchilar va ekipajning xavfsizligi bizning kompaniya uchun birinchi raqamli ustuvor vazifa hisoblanadi”, deb ta'kidlab o‘tdi matbuot kotib.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish