Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada buldozer olibqochari uchta mashinani majag‘lab, bitta uyni buzib tashladi
Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatida noma'lum erkak buldozerni olib qochib, u bilan uchta mashinani majag‘lab, bitta uyni buzib tashladi. Bu haqda mahalliy politsiya axborot tarqatdi.
The Daily Telegraph nashrining xabar berishicha, 48 yoshli erkak Leyk-Makkuori shahridagi korxonalardan birining hududida turgan buldozerni dushanba kuni ertalab olib qochib ketgan. So‘ng u shaharning markaziy tumaniga kelib, yuqorida tilga olingan ishlarni amalga oshirgan.
Voqealarni kuzatib turgan qo‘shni 56 yoshli ayol va uning 15-20 yoshli qizlariga uydan chiqib ketishga yordam bergan.
Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar jinoyatchini qo‘lga olib, idoraga olib ketishgan. Ma'lum bo‘lishicha, erkak uyini buzib tashlagan oila vakillari bilan tanish bo‘lgan. Jinoyat motivlari noma'lumligicha qolmoqda.