O‘zbekiston | 18:34 / 08.06.2015
2678
1 daqiqa o‘qiladi

Ayrim kollej va litseylar talab bor kasblarga ixtisoslashtiriladi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 145-sonli 2015 yil 3 iyundagi qarorida 2015/2016 o‘quv yili uchun o‘rta maxsus va kasb-hunar ta'lim muassasalariga o‘quvchilarni konkret viloyatlar, shahar va tumanlar balans hisob-kitoblari asosida qabul qilish belgilab berildi. Bu joriy yildan boshlab 35 kasb-hunar kollejining qayta ixtisoslashuvini va mutaxassisliklarning kengayishi yoki torayishini nazarda tutadi.
2018 yilga qadar ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash va yangilash sohasidagi investitsion loyihalarning realizatsiyasini hisobga olgan holda yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilmoqda.
Ta'kidlanishicha, ushbu qarorda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar o‘quvchilarni ular kasb-hunar kollejlariga qabul qilishi bilan konkret korxona va tashkilotlarga bog‘lab qo‘yishga xizmat qiladi va keyinchalik ular mana shu korxonalarda o‘z ixtisosligiga muvofiq ish o‘rinlari bilan ta'minlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish