Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chohbahor portida Eronning uchinchi neft-kimyo tarmog‘i yaratiladi
Ummon ko‘rfazi qirg‘og‘idagi Chohbahor portida Erondagi uchinchi neft-kimyo tarmog‘ini yaratish dasturini amalga oshirish doirasidagi chora-tadbirlar boshlandi.
Bu hududda 17ta yangi neft-kimyo korxonalari bunyod etish rejalashtirilmoqda. Iran.ru resursining xabar berishicha, ularning umumiy ishlab chiqarish salohiyati yiliga 22 mln tonna mahsulotni tashkil qiladi.
Bugungi kunda Eronda neft-kimyo va polimer mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy hajmi 60 tonnani tashkil qiladi, bu ko‘rsatkichni 100 mln tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda. Shu maqsadda sohaga 30 mlrd dollar investitsiya kiritiladi.