18:03 / 08.06.2015
1764

De Xea «MYu» rahbariyatiga «Real»ga o‘tish istagini bildirdi

"Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea "Real"ga o‘tish qaroriga keldi.

Xabar qilinishicha, 24 yoshli darvozabon bu haqida mankunianliklar rahbariyatiga ma'lum qilgan. Endi "MYu" De Xeani sotish yoki uni kelasi yil yozda erkin agent maqomida qo‘yib yuborish borasida bir qarorga kelishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, De Xea 2011 yilda 24,4 million yevro evaziga "Atletiko"dan sotib olingan edi. Uning shartnomasi kelasi yil yakuniga yetadi. O‘tgan vaqt davomida De Xea premer ligada 131ta o‘yin o‘tkazgan va 2012/2013 yilgi mavsumda chempion bo‘lgan.

Top