O‘zbekiston | 17:13 / 08.06.2015
1460
1 daqiqa o‘qiladi

YeI Toshkentda xavfli materiallar bilan kurash markazini ochadi

Yevropa Ittifoqi iyul oyida Toshkentda kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy materiallarga qarshi kurashning old tajribalari markazlarining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy kotibiyatini tashkil qiladi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

“Umid qilamizki, iyul oyining o‘rtalariga qadar barcha masalalarni hal qilib, rasmiy ochilish marosimini o‘tkazishga ulguramiz”, – dedi YeIning O‘zbekistondagi elchisi Yuriy Shterk. Uning so‘zlariga qaraganda, markazning ochilishi uchun barcha zaruriy hujjatlar tayyorlangan.

Toshkentdagi markaz asosiy bo‘ladi, mintaqaning boshqa davlatlarida unga bo‘ysunuvchi markazlar tashkil qilinadi. Ular tajriba almashish, qonunchilikni ko‘rib chiqish va o‘zaro qiyoslash bilan shug‘ullanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish