Jahon | 18:36 / 08.06.2015
1907
1 daqiqa o‘qiladi

G7 Ukrainada islohotlar o‘tkazishda yordam berishni va'da qildi

G7 sammiti ishtirokchilari Ukraina hukumatiga islohotlar o‘tkazish va korrupsiyaga qarshi kurashishda yordam beradigan guruh tuzishga qaror berdi. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkelning bayonotiga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
“G7ga ishtirokchi davlatlarining Kiyevdagi elchilari islohotlar o‘tkazish va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yordam guruhini tashkil qilishadi”, – va'da berdi GFR rahbari.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish