Sport | 09:47 / 08.06.2015
1358
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada De Bryuyne mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

"Volfsburg" jamoasining belgiyalik yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne bundesligada o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi.

U 2014-2015 yilgi mavsumda jamoasi bilan 34 o‘yin o‘tkazib, 10 gol hamda 21 golli pasga mualliflik qildi.

Shuningdek, Germaniyada yilning eng yaxshi murabbiyi nomi ham e'lon qilindi. Menxengladbaxning "Borussiya" jamoasi bosh murabbiyi Lyusen Favr shunday nomga sazovor deb topildi. U o‘tgan mavsum natijalariga ko‘ra, jamoasi bilan uchinchi o‘rinni egalladi va keyingi mavsumda YeChLning guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish