Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan robot Pentagon musobaqasida g‘alaba qozondi
Janubiy Koreyaning Kaist jamoasi hamda ularga tegishli DRC-Hubo roboti AQSh mudofaa vazirligi qoshidagi DARPA istiqbolli ishlanmalar agentligi tomonidan tashkil etilgan musobaqada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Sinovlar jarayonida robotlarga bir soat ichida sakkiz harakat bajarish topshirildi: haydovchilik, eshiklarni ochish, zinadan ko‘tarilish va parmalash shular jumlasidandir. DRC-Hubo topshiriqlarning barchasini 44 daqiqa 28 sekundda bajardi.
G‘olib jamoa 2 mln dollar qo‘lga kiritdi, ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblariga 1 mln va 500 ming dollar berildi.