Jahon | 19:49 / 08.06.2015
6409
1 daqiqa o‘qiladi

Kremlda Yevropada AQShning raketalari joylashtirilishiga izoh berildi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Filip Xammondning AQSh raketalarining Yevropada joylashtirilishiga tayyorlik haqidagi bayonotiga izoh berib o‘tdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Keskinlikni avj oldirish qabilidagi harakatlar albatta hech kimga naf keltirmaydi. Shubhasiz, o‘z-o‘zidan bu mavzu Yevropa qit'asida o‘zaro ishonch darajasining oshishiga va manfaatlar muvozanatiga ko‘mak bermaydi. Boshqa tomondan, tushunishimcha, aniqlik ham yo‘q”, deb aytdi Peskov.

Avvalroq Buyuk Britaniya o‘zining hududida Rossiya tomonidan xavfning oshayotgani sababli AQSh yadroviy raketalarini o‘zida joylashtirish masalasini muhokama qilishi mumkinligi ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish