Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
LG G4 smartfoni O‘zbekistonda iyulning ikkinchi yarmida sotuvga chiqariladi
LG kompaniyasining yangi flagman qurilmasi G4 joriy yilning iyul oyi o‘rtalariga kelib O‘zbekistonda ham sotuvga chiqariladi. Bu haqda Mobinfo.uz nashri xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, sotuvga qurilmaning oddiy ikkita SIM-kartaga mo‘ljallangan versiyasi, orqa qismi to‘liq charm bilan qoplangan turi chiqariladi. Qurilmaning chakana narxi qancha bo‘lishi sotuvga yaqin ma'lum bo‘ladi, deydi LG kompaniyasining O‘zbekistondagi qo‘llab-quvvatlash markazi xodimi.
Eslatib o‘tamiz, boshqa telefonlardan o‘zining charm qoplamasi bilan ajralib turadigan mazkur smartfon 5,5 dyuym va 2560×1440 pikselli ekran, 16 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kamera, 3 Gb tezkor va 32 Gb ichki xotira (+microSD), 3000 mA/s sig‘imli akkumulyatorga ega. LG G4 Android 5.1 Lollipop operatsion tizimida ishlaydi. Uning o‘lchamlari 148,9×76,1×6,3—9,8 mm, og‘irligi 155 grammga teng.