Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentdagi yig‘inini boshladi
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugundan Jahon Chempionati-2018 saralashining ikkinchi bosqich o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonini boshladi.
O‘zbekiston ushbu saralash bosqichidagi dastlabki o‘yinini 16 iyun kuni Pxenyanda KXDR terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu o‘yinga tayyorgarlik doirasida milliy terma jamoa 11 iyun kuni “Bunyodkor” stadionida Eronga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Toshkentdagi yig‘in 14 iyunga qadar davom etadi. So‘ngra jamoa Shimoliy Koreyaga yo‘l oladi.
Eslatib o‘tamiz, milliy terma jamoaning ushbu yig‘iniga quyidagi futbolchilar taklif etilgan:
Darvozabonlar: Eldor Suyunov (Nasaf), Akbar To‘rayev (Bunyodkor), Ignatiy Nesterov (Lokomotiv)
Himoyachilar: Anzur Ismoilov (Chanchun Yatay, Xitoy), Shavkat Mullajonov (Lokomotiv), Shuhrat Muhammadiyev (Nasaf), Yegor Krimets (Paxtakor), Islom To‘xtaxo‘jayev (Lokomotiv), Vitaliy Denisov (Lokomotiv, Rossiya), Akmal Shorahmedov (Bunyodkor), Farrux Sayfiyev (Nasaf);
Yarim himoyachilar: Aziz Haydarov (Ash-Shabab, BAA), Odil Ahmedov (Krasnodar, Rossiya), Server Jyeparov (Ulsan Xyonday, Janubiy Koreya), Lutfulla To‘rayev (Lokomotiv), Sanjar Tursunov (Vorskla, Ukraina), Sardor Rashidov (Bunyodkor), Shohrux Gadoyev (Nasaf), Ikrom Aliboyev (Bunyodkor), Jasur Hasanov (Lokomotiv), Fozil Musayev (Sepahon, Eron);
Hujumchilar: Zohir Qo‘ziboyev (Mash'al), Bahodir Nasimov (Padideh, Eron), Igor Sergeyev (Paxtakor).