12:44 / 08.06.2015
2503

O‘zbekiston sport obektlarini qurish va rekonstruksiya qilishga 260 mlrd so‘m yo‘naltiradi

O‘zbekistondagi 66 ta korxona va tashkilotlar 2015 yilda Xalq ta'limi vazirligi qoshidagi Bolalar sportini ruvojlantirish jamg‘armasiga xayriya ko‘magi sifatida 87,83 milliard so‘m o‘tkazadi.

Bu haqda O‘zbekiston hukumatining «2015 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi qoshidagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi byudjyeti hamda bolalar sporti, bolalar musiqa va san'at maktablari obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorida aytiladi.

Xususan, «O‘zbekneftgaz» MXK, «O‘zbektelekom» AK, «O‘zbekiston temir yo‘llari» DATYK va «O‘zavtosanoat» AK Jamg‘armaga 4,75 milliard so‘mdan ajratadi.

Shuningdek, mintaqaviy korxonalar 52,75 milliard so‘m, xorijiy investorlar 400 ming dollar taqdim etadi.

Mablag‘lar bolalar sporti obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlashga yo‘naltiriladi. 2015 yilda, qarorga ko‘ra, 262,527 milliard so‘m 221 ta obektni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlashga sarflanadi.

Top