Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 18:49 / 08.06.2015
1732
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston va Xitoy hukumatlari o‘rtasida iqtisodiy forum tashkil qilinadi
Xitoy-O‘zbekiston hukumatlararo hamkorlik va ikki tomonlama savdo-iqtisodiy sheriklik forumi bo‘yicha uchinchi uchrashuv joriy yilning 15 iyun Xitoyning sharqiy qismidagi Shandun provinsiyasi Jichjao shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda «Sinxua» axborot agentligi xabar tarqatdi.
Yig‘ilishga O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov va Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi siyosiy byurosi a'zosi Men Tszyanchju raislik qiladi, deya ma'lum qiladi XXR Tashqi ishlar vazirligi vakili Xun Ley.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish