09:51 / 08.06.2015
4694

O‘zbekistonda Demokratiya va va inson huquqlari instituti tashkil etildi

O‘zbekistonda Demokratiya va va inson huquqlari instituti tashkil topdi. Institutning tashkil topishi bo‘yicha prezentatsiya 2015 yilning 4 iyun kuni «O‘zbekistonda parlament demokratiyasi rivojlanishi: milliy tajriba va xalqaro amaliyot» mavzusidagi xalqaro davra suhbati davomida bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Jahon» AA.

Institutning tashkil etilishi, davlat boshqaruvida demokratik tamoyillarga amal qilinishini taraqqiy toptirish, inson huquqlari madaniyatini himoya qilish, ularni targ‘ib qilish, hukumat va davlat organlari va boshqa tashkilotlarni boshqarishda demokratiya tamoyillariga doimiy ravishda rioya qilinishishiga ko‘maklashish kabi bir qator vazifalarni o‘zida qamrab oladi.

Institut direktori Sayyora Xo‘jayevaning so‘zlariga ko‘ra, mazkur nodavlat notijorat tashkiloti joriy yilning martida tashkil qilindi. Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab ularning to‘rtta filiallari tashkil etilgan.

Top