Sport | 10:43 / 08.06.2015
1979
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Adham Ergashev jahon chempionati sovrindori bo‘ldi

Polshaning Vrotslav shahrida o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida Adham Ergashev kumush medal sovrindori bo‘ldi
 
2014 yili Nankin shahri (Xitoy)da bo‘lib o‘tgan o‘smirlar Olimpiadasida bronza medali sovrindori bo‘lgan Adham Ergashev dast ko‘tarishda 124 kg., siltab ko‘tarishda esa 151 kg. toshni ko‘tarib, ikkinchi pog‘onadan joy oldi. 
 
Mazkur musobaqada koreyalik sportchi birinchi, Turkiya terma jamoasi a'zosi esa uchinchi o‘rinni egalladi. 
 
Eslatib o‘tamiz, 2 yil avval ushbu arenada Ruslan Nuridinov va Ulug‘bek Alimov kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin va bronza medallariga (ikki kurash natijasiga ko‘ra) ega bo‘lishgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish