Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin kapitallar amnistitsiya qilinishini ma'qulladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin xorijiy kapitallarning amnistitsiya qilinishi haqida qonunni imzoladi. Bu haqda huquqiy axborot rasmiy internet-portalida ma'lumot berildi.
Hujjat 2015 yilda xorijiy aktivlar (hisob raqamlar, ko‘chmas mulk, qimmatli qog‘ozlar va boshqalarni)ni ko‘ngilli tarzda deklaratsiya qilishni o‘tkazish uchun huquqiy bazani mustahkamlaydi.
O‘zining xorijiy aktivlarini deklaratsiya qilgan tadbirkorlar deklaratsiya qilinayotgan mol-mulk bilan bog‘liq qoidabuzarliklar 2015 yilning 1 yanvarigacha sodir etilgan va deklaratsiya qilingan mol-mulk doirasida bo‘lsa jinoiy, ma'muriy va soliq javobgarligidan ozod etiladilar.
Avvalroq Rossiya federatsiyalar kengashi kapitallar amnistitsiyasi qonunini ma'qullagan edi.