Sport | 19:01 / 08.06.2015
2027
1 daqiqa o‘qiladi

"Real" Edegor va Asensioni ijaraga berib yuboradi

"Real" jamoasi yarimhimoyachilari Martin Edegor va Marko Asensio keyingi mavsumni ijara asosida boshqa jamoalarda o‘tkazishadi. Bu haqda As nashri xabar bergan.
 
Madrid jamoasi rahbariyati va bosh murabbiy Rafael Benites bu yosh futbolchilarning o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib, tajriba to‘plashini istagan.
 
Xabarda aytilishicha, Edegor keyingi mavsumni "Malaga", Vilyarreal" yoki "Betis" jamoalaridan birida o‘tkazadi.
 
Eslatib o‘tamiz, 16 yoshli Edegor va 19 yoshli Asensio "Real" tomonidan qishki transferlar vaqtida xarid qilingan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish