Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bolalar buyumlari ko‘rgazmasi ochiladi
11 iyun kuni Toshkent shahridagi "Navro‘z" saroyida ko‘rgazmasi ochiladi.
Bolalar uchun buyumlar ko‘rgazmasi bo‘lgan bu tadbirda turli o‘yinchoqlar hamda o‘yinlar, bolalar uchun gigiyenik va kosmetik vositalar, vitamin hamda dori-darmonlar, bolalar yeguligi va ichimliklari, bolalar uchun kiyimlar, aksessuarlar, shuningdek, bolalar bayramlari uchun ishlab chiqilgan maxsus buyumlar namoyish etiladi.
Bundan tashqari, ko‘rgazma doirasida bolalar va o‘smirlar uchun o‘quv-mashg‘ulotlar tashkil etiladi.
Ko‘rgazma davomida Yelena Danilova, Tabrik Sultonov, Aleksandr Kochebey kabi rassom va haykaltaroshlarning ham asarlari namoyishga qo‘yiladi.