Jahon | 06:56 / 08.06.2015
3399
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyadagi saylovlarda Erdo‘g‘an partiyasi hukmron mavqedan mahrum bo‘ldi

Turkiyadagi parlament saylovlarning dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, Adolat va taraqqiyot partiyasi hukmronlik mavqeidan judo bo‘ldi.

TASS agentligining xabar berishicha, bosh vazir Ahmad Dovudo‘g‘li va prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an mansub bo‘lgan partiya foiz jihatdan birinchilikni qo‘lga kiritgan, ammo hukumatni yolg‘iz shakllantirish uchun yetarli miqdorda deputatlik o‘rinlarini egallay olmagan.

99 foiz byulletenlar ko‘rib chiqildi. Ularning natijalariga ko‘ra, Adolat va taraqqiyot partiyasi 40.94 foiz olib, 550 o‘rindan 259tasiga ega chiqdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish