21:41 / 08.06.2015
3669

Vena sudi Nazarboyevning sobiq kuyovi ishi bo‘yicha ikkita figurantni hibsga oldi

Vena sudi “Nurbank” tijorat bankining sobiq rahbarlarini o‘g‘irlaganlik bo‘yicha ikkita gumondor shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda Deutsche Welle gazetasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ushbu gumondor shaxslar – Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari Alnur Musayev va prezident qo‘riqlash xizmatining sobiq xodimi Vadim Koshlyak turar joy manzili bo‘yicha hibsda ushlab turilibdi.

Bu ish bo‘yicha asosiy figurant Nursulton Nazarboyevning sobiq kuyovi Rohat Aliyev bo‘lgan. Qozog‘istonda u bir nechta bankirlarni o‘g‘irlaganlikda ayblangan. Aliyev fevral oyida Vena qamoqxonasida o‘lik holda topilgan.

2008 yilda Olmalin tuman sudi Aliyevga mol-mulkini musodara qilgan holda 20 yilga ozodliqdan mahrum qilish hukmini chiqargan edi.

Top