Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 23:03 / 08.06.2015
5078
1 daqiqa o‘qiladi
Yaponiya bosh vaziri Tokioning Putinning tashrifi bo‘yicha tutgan o‘rni o‘zgarmaganini aytdi
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Tokioning Putinning Yaponiyaga tashrifi bo‘yicha tutgan o‘rni o‘zgarmaganini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Bundan tashqari, Abe Rossiya va uning prezidenti bilan suhbat o‘tkazishni davom ettirish niyatidaligini aytdi. Uning fikricha, G7 guruhi yetkachilarining keyingi uchrashuvi G8 ga aylanadi.
Avvalroq Yaponiya Kuril orollari bo‘yicha munozara yuritish uchun Putinning Tokioga tashrifini kutayotgani ma'lum qilingandi.