O‘zbekiston | 23:19 / 09.06.2015
1895
1 daqiqa o‘qiladi

“O‘zkimyosanoat” 2015 yilning yanvar-may oylarida 882,2 mlrd. so‘mlik tovar mahsulot ishlab chiqardi

2015 yilning yanvar-may oylarida “O‘zkimyosanoat” korxonalarida 882,2 mlrd. so‘mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, 2014 yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur'ati 3,9% tashkil qildi. Ayni paytda 80,9 mlrd.so‘mlik xalq iste'mol mollari ishlab chiqarildi va o‘tgan yilning ayni davriga nisbatan o‘sish sur'ati 19,7%. 

Sof holda 539,31ming tonna mineral o‘g‘itlar, shu jumladan 427,76 ming tonna azotli o‘g‘itlar, 55,78 ming tonna fosforli o‘g‘itlar va 55,78 ming tonna kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish