Jahon | 21:28 / 09.06.2015
3263
1 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun 2015-yilning 11-12-iyun kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bilan uchrashuv va muzokaralar chog‘ida mamlakatimiz va BMT tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi ahvoli va istiqbollari, mintaqaviy hamda xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama etilishi rejalashtirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish