Sport | 16:15 / 09.06.2015
1882
1 daqiqa o‘qiladi

Dani Alves "Barselona" bilan 2 yillik yangi shartnoma imzoladi

"Barselona" jamoasining braziliyalik himoyachisi Dani Alves jamoa bilan shartnomasini uzaytirdi.
 
Yangi ikki yillik shartnomaga ko‘ra u jamoada yana 2 mavsum o‘tkazib, 2017 yilning 30 iyunigacha "Barselona" a'zosi hisoblanadi.
 
Xabarda aytilishicha, uning o‘yiniga qarab, bu shartnoma muddatiga yana bir yil qo‘shilishi mumkin.
 
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning boshidan beri Dani Alves o‘ziga rahbariyat tomonidan yetarli e'tibor bo‘lmayotganidan shikoyat qilib kelmoqda edi va uning yozgi transferlar vaqtida "PSJ" yoki APL jamolaridan biriga o‘tishi kutilayotgandi.
 
Ma'lumot uchun, Alves 2008 yilda "Sevil`ya" safidan "ko‘k-anorranglilar" safiga kelib qo‘shilgandi. U shu vaqtgacha Kataloniyada 5 marta Ispaniya chempionligi hamda 3 martadan Ispaniya va YeChL kubogini qo‘lga kiritgan.
 
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish