21:08 / 09.06.2015
2034

Eronning sobiq vitse-prezidenti hukumatda o‘g‘irlik holatining tergov qilinishi munosabati bilan hibsga olindi

Eronning sobiq vitse-prezidenti Hamid Bahoiy mamlakatning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod (2005–2013 yillar) hukumatida o‘g‘irlik holatining tergov qilinishi bilan bog‘liq holda hibsga olindi.

Bu haqda Tehronda matbuot-anjumanida Eronning amaldagi prezidentining rejalashtirish va strategik nazorat bo‘yicha maslahatchisi Muhammad Bakr Novbaxt ma'lum qildi.

“Eronning sobiq vitse-prezidenti Hamid Bahoiy sobiq hukumatda sodir etilgan o‘g‘irlik holatining tergov qilinishi bilan bog‘liq holda hibsga olindi. Hozirgi amaldagi hukumat adliya muassasalariga avvalgi vazirlar mahkamasi tomonidan yo‘l qo‘yilgan katta moliyaviy qoidabuzarliklar haqidagi materiallarni taqdim qildi hamda sud instansiyalariga bu qoidabuzarliklar haqida hujjatlar va isbotlarni topshirdi”, deb aytmoqda Novbaxt.

Bahoiy Tehronda hibsga olindi. Uning hibsga olinishi haqida eronlik jurnalistlarga Eron bosh prokurori G‘ulom Husayn Muhsaniy Adjay ma'lum qildi.

Bahoiy 2009-2013 yillar davomida Eronning sobiq prezidentining ma'muriy ishlar bo‘yicha vitse-prezidenti va bosh maslahatchisi lavozimini egallagan.

Top