Texnologiya | 16:00 / 09.06.2015
3188
1 daqiqa o‘qiladi

Falcon 9 raketasi yuzasiga o‘rnatilgan kamerada tushirilgan tasvir internetga joylashtirildi

SpaceX kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladigan Falcon 9 tashuvchi raketalarining uchirilish jarayoni odatda videoda qayd qilib boriladi. Bu safar kompaniyaning Youtube’dagi kanalida bevosita fazo muhitida suratga olingan videolavha paydo bo‘ldi. Falcon 9 suyrisiga mustahkamlangan GoPro kamerasi apparatning boshqaruvdan chiqib, sayyoraga qaytib kelishini qayd qildi.

Kompaniya matbuot xodimining so‘zlariga qaraganda, SpaceX 2016 yilda sun'iy yo‘ldosh orqali internetga ulanish borasidagi tajribalarni davom ettiradi. Buning uchun Falcon 9 tashuvchi raketasi yordamida orbitaga mitti MicroSat-1a va MicroSat-1b yo‘ldoshlarini olib chiqish talab etiladi. Ular 625 km balandlikda joylashadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish