17:09 / 09.06.2015
2645

Ikki AQSh prezidentining rafiqasi va onasi 90 yosh yubileyida uzoq umr ko‘rish sirlari bilan o‘rtoqlashdi

AQShning sobiq birinchi xonimi, dushanba kuni 90 yoshga to‘lgan Barbara Bush The Huffington Post gazetasiga uzoq umr ko‘rish sirlari haqida gapirib berdi.

Aniqlanishicha, ayol qarishga qarshi vosita sifatida marvariddan foydalanib kelgan. Today shousi efirida uning nabirasi Jyenna Bush Xeyger buvasiga qarab: “Sen o‘z marvariding bilan mashhursan” degan.

“Marvarid ajinlarni berkitishi kerak, ammo u bu ishni qilmay qo‘ydi, – javob bergan keksa ayol. – Marvaridni yuzga taqib bo‘lmaydi axir”.
Barbara Bush AQSh prezidenti Katta Jorj Bushning turmush o‘rtog‘i hamda Kichik Jorj Bushning onasidir.

Top