Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 23:38 / 09.06.2015
3300
1 daqiqa o‘qiladi
Diyego Simeone: Men yetti yilda atigi bir marta Ispaniya chempioni bo‘lgan «Real»dan xavotirdaman
Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone yangi mavsum oldidan nimalar kutayotganini ma'lum qildi.
«Men «Real»ni deb yangi mavsumdan xavotirdaman. «Real» so‘nggi yetti yilda faqat bir marta Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritganiga chidab bo‘lmaydi», - dedi Simeone.
«Shuning uchun ham «Real»dan xavotirdaman. Klub yana bir mavsumni sovrinsiz tugatishini tasavvur qilolmayapman. Bu normal holat emas», - deya qo‘shimcha qildi argentinalik mutaxassis.
Simeonening qayd etishicha, yangi mavsum juda murakkab kechadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish