Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 17:02 / 09.06.2015
2133
1 daqiqa o‘qiladi
Misrda stadiondagi tartibsizliklarda ayblangan 11 kishi o‘lim jazosiga hukm qilindi
Misr sudi Port-Saiddagi stadionda tartibsizliklar uyushtirishda ayblangan 11 kishini qatl qilish jazosiga mahkum etdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
2012 yil fevralida bo‘lib o‘tgan ushbu tartibsizliklar oqibatida 74 kishi halok bo‘lgan, yuzlab odamlar jarohatlangan. Port-Saidning “al-Masriy” jamoasining 73 nafar muxlisi sudga tortildi. Aprel oyida ularning 11 nafari o‘lim jazosiga hukm qilingan edi. Endilikda sudlanuvchilarning yana 11 nafari shu jazoga tortilgani aytilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish