Italiyaning “Fiorentina” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Vinchentso Montellani iste'foga chiqardi.
Bunga Montellaning klub prezidenti Andrea Della Valle bilan janjallashib qolgani sabab bo‘lgan. O‘tgan mavsumni "fialkalar" Italiya A seriyasida 4-o‘rinda yakunlashdi.
Qayd etish joiz, ushbu mutaxassis "Milan" jamoasiga olib kelinishi mumkin bo‘lgan 4 murabbiydan biri hisoblanmoqda.