Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:58 / 09.06.2015
4523
1 daqiqa o‘qiladi
Obama G7ning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilishga tayyorligini aytdi
AQSh prezidenti Barak Obama G7 sammiti yakunlariga ko‘ra bergan bayonotida Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlash borasida bir fikrga kelganini ta'kidlab o‘tdi.
“Yevropalik hamkorlarimiz Minsk kelishuvlari to‘la hajmda amalga oshirilmaguniga qadar Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladilar”, – uning so‘zlarini keltiradi Reuters agentligi.
Bundan tashqari, Obama jahon iqtisodiyotidagi muammolar vaqtinchalik ekanligini ta'kidlab o‘tdi.