21:20 / 09.06.2015
2173

O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi

Jahon chempionati-2018 saralashining ikkinchi bosqichi o‘yinlarga tayyorgarlikni boshlagan O‘zbekiston milliy terma jamoasi, kecha Toshkent yig‘ini doirasidagi o‘zining ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi.

Terma jamoa mashg‘ulotlari Toshkentdagi “Jar” stadionida olib borilyapti.

Bugun ham Mirjalol Qosimov shogirdlari mashg‘ulotlarni “Jar” stadionida davom ettiradi. Mashg‘ulotlar 17:30da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent yig‘ini davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eronga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Ushbu o‘yin 11 iyun kuni “Bunyodkor” stadionida, soat 18:00da boshlanadi.

Top